Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 4 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi
Iste’molga yaroqsiz go‘shtlarni ikki nafar shaxs ISUZU yuk mashinasida Samarqandga olib ketayotganida to‘xtatib qolingan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan IIB va veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda “Qarshi-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotgan “ISUZU” yuk mashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqarolar O.X. va J.V. jami 4 tonna iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shtini o‘tkazish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan. Mahsulot ashyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
22:11 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
12:15 / 10.05.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi go‘sht narxining oshishiga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi
21:22 / 05.05.2025