Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metroning «Milliy bog‘» bekatida poyezd buzilib qoldi
«Toshkent metropoliteni» 12 daqiqadan keyin harakat tiklangani haqida xabar berdi.
Toshkent metropolitenining «Milliy bog‘» bekatida poyezd buzilib qolgani, 20 daqiqa davomida harakatlanishdan to‘xtab qolgani haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
«Toshkent metropoliteni» DUK holat yuzasidan izoh berdi.
«10 oktyabr soat 17:12 da «Chilonzor» yo‘nalishining «Milliy bog‘ - Novza» peregoni estakasida harakatlanayotgan 29-sonli harakat tarkibida yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgani bois texnik nosozlik holati kuzatilgan. Ushbu harakat tarkibi 12 daqiqa vaqt davomida harakatlana olmagan. Mashinist tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida poyezd harakati qayta yo‘lga qo‘yilgan», deyiladi xabarda.
Hozirgi vaqtda yo‘nalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilayotgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025