O‘zbekiston | 18:03 / 10.10.2023
24791
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Alisher Amirov avval ham ushbu viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘lgan.

Alisher Xurramovich Amirov Surxondaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Alisher Amirov 1977 yil Boysun tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini, 2014 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – yer usti transporti tizimlari muhandisi.

A.Amirov mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent viloyati bo‘limi shu’ba mudiri, «O‘zavtoyo‘l» davlat-aksiyadorlik kompaniyasida boshqarma boshlig‘i, boshqaruv raisi o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, 2019 yil oktyabridan 2020 yil dekabriga qadar Sherobod tumani hokimi lavozimlarida mehnat qilgan.

2021 yil yanvaridan buyon Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

  • Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2021 yil mayidan buyon Alisher Xidirov ishlayotgandi.

Mavzuga oid