Jahon | 14:17 / 11.10.2023
25846
5 daqiqa o‘qiladi
Yaqin Sharqdagi urush davom etmoqda. Fotosuratlar
Yangi Falastin-Isroil urushi beshinchi kundirki davom etmoqda. Isroil mudofaa armiyasi 7 oktyabrdan buyon HAMAS hujumiga javoban G‘azo sektorini o‘qqa tutishni davom ettirmoqda. HAMAS ham Isroil shaharlarini o‘qqa tutishni kanda qilmayapti. Ikki tomondan qurbonlar soni ikki mingdan oshgan (1200 dan ortiq isroillik va 900 ga yaqin falastinlik). G‘azo sektorida yashovchi 260 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. HAMAS a’zolari garovga olgan yuzdan ortiq isroillikning taqdiri mavhum bo‘lib qolmoqda.
Yaqin Sharqdagi urushning 4-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Isroilda HAMAS harakati hujumi va raketa zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 1,2 ming kishidan oshdi, 3 mingga yaqin kishi yaralangan.
- Isroilning G‘azo sektoriga havo zarbalari oqibatida 900 ga yaqin falastinlik halok bo‘lgan, shundan yarmi ayollar va bolalar. 4,5 mingga yaqin kishi yaralangan.
- 10 oktyabr kuni isroillik harbiylar G‘azo sektori bilan chegara hududlar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilgani va minalashtirilganini ma’lum qildi. Isroil hududidan HAMAS a’zolari bo‘lgan 1500 kishining jasadi topilgan.
- AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon muloqoti chog‘ida G‘azo sektorida tinch aholi orasidagi qurbonlar sonini minimumga tushirishga chaqirdi, deb xabar berdi NBC News Amerika prezidenti ma’muriyatiga asoslanib.
- Isroil mudofaa armiyasi (TsAHAL) HAMAS harakati harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad ad-Deyfning G‘azo sektoridagi uyiga zarba berdi. Natijada uning ukasi halok bo‘lgan; Jerusalem Post yozishicha, qo‘mondonning boshqa oila a’zolari ham halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
- Suriya va Livan hududidan turib ham Isroilga raketa zarbalari yo‘llanmoqda. TsAHALdagilar Livandan qilinayotgan hujumlar ortida «Hizbulloh» turganini ma’lum qilishgan, Suriyadan turib kim o‘t ochayotgani noma’lum. Shuningdek, isroilliklarning Livan bilan chegara hududidagi pozitsiyalari tankka qarshi raketalar bilan o‘qqa tutilmoqda, Isroil javob zarbalari bermoqda.
- Isroil va HAMAS o‘rtasida mojaro boshlanganidan buyon G‘azo sektorida qariyb 264 ming falastinlik uylarini tark etishga majbur bo‘lgan, deyiladi BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi hisobotida.
- AQShning «Jyerald Ford» aviatashuvchisi zarbdor guruh bilan O‘rta Yer dengizi sharqiy qismiga, Isroilga yaqin hududga joylashtirildi. AQShdan Isroil uchun o‘q-dori ortilgan ilk samolyot uchib kelgan.
Isroil va G‘azo sektorida ro‘y bergan so‘nggi voqealar — fotosuratlarda.
Mavzuga oid
14:17
Baxtiyor Saidov yahudiy ravvinning o‘limi munosabati bilan Isroil elchisiga hamdardlik bildirdi
19:34 / 25.11.2024
OAV: Isroil Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
16:57 / 25.11.2024
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
15:51 / 25.11.2024