Bayden Isroilni urush qonun-qoidalariga amal qilishga chaqirdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil hukumatini HAMAS harakati bilan jangovar harakatlarda «urush qonun-qoidalari»ga amal qilishga chaqirdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden 11 oktyabr, chorshanba kuni Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan beri to‘rtinchi bor Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga telefon qildi. U Isroil hukumatini Falastinning HAMAS harakati bilan jangovar harakatlarda «urush qoidalari»ga amal qilishga chaqirdi.
«Isroilning g‘azab va umidsizlik bilan... urush qonun-qoidalari bo‘yicha harakat qilishi haqiqatdan ham muhim», dedi Bayden Oq uyda AQSh yahudiy jamoat tashkilotlari vakillari yig‘ilgan uchrashuvda Netanyahu bilan muloqotiga izoh berar ekan. «Urush olib borishda ham qonun-qoidalar bor», deya qo‘shimcha qildi u.
Jo Bayden: «Shafqatsiz kampaniya»
Amerika yetakchisi HAMAS jangchilarining uyushtirgan hujumi qurbonlari aks etgan suratlar haqida gapirdi va hujumni «shafqatsiz kampaniya» deb atadi. «Nafaqat nafrat, balki shafqatsizlik», - dedi Bayden.
U, shuningdek, AQSh hukumati HAMAS tomonidan garovga olingan amerikaliklarni ozod qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishiga ishontirdi, biroq Vashington qanday sa’y-harakatlar ko‘rayotganiga aniqlik kiritmadi. AQSh rasmiylariga ko‘ra, 7 oktyabr kuni HAMAS jangchilarining Isroilga uyushtirgan hujumi chog‘ida 22 AQSh fuqarosi halok bo‘lgan, yana 17 nafari bedarak yo‘qolgan.
BMT Xavfsizlik kengashi Yaqin Sharqdagi mojaroni muhokama qiladi
BMT Xavfsizlik kengashi 13 oktyabr, juma kuni Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilish uchun yig‘iladi, deya xabar berdi axborot agentliklari diplomatik manbalarga tayanib. U ochiq yoki yopiq bo‘ladimi, hozircha bir qarorga kelinmagan.
Mavzuga oid
14:17
Baxtiyor Saidov yahudiy ravvinning o‘limi munosabati bilan Isroil elchisiga hamdardlik bildirdi
19:34 / 25.11.2024
OAV: Isroil Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
16:57 / 25.11.2024
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
15:51 / 25.11.2024