Jahon | 11:26 / 12.10.2023
10141
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkekda MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi boshlandi

Kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuv oldidan vazirlar tor doirada uchrashdi.

Foto: mfa.gov.kg

Bishkekda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev raisligida MDH tashqi ishlar vazirlari kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi boshlandi

Kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuv oldidan vazirlar tor doirada uchrashdi. 

Yig‘ilishda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari xalqaro kun tartibi va hamdo‘stlik formatidagi o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashadi, shuningdek, MDH davlat rahbarlari kengashi va hukumat rahbarlari kengashi majlislariga kiritilgan qarorlar loyihalarini ko‘rib chiqadi.

Ishtirokchilar, shuningdek, MDH tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishini 2024 yil aprel oyida Minskda o‘tkazish masalasini ham ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. 

 

Mavzuga oid