O‘zbekiston | 15:14 / 17.10.2023
28616
2 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi

Departamentga 2019 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Dilshod Rahimov lavozimini tark etdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Prezident farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Shamsiddin Sharafidinovich Sohibnazarov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu lavozimga qadar u departamentning Toshkent shahri boshqarmasi boshlig‘i edi.

U yangi lavozimda Dilshod Rahimovning o‘rnini egalladi.

Dilshod Rahimov

Rahimov faoliyatini 2010 yilda Bosh prokuratura huzuridagi departamentda boshlab, departament organlarida turli lavozimlarda, 2012 yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan, bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘lgan, 2019 yil yanvarida departament boshlig‘i lavozimini egallagandi.

Ayni vaqtda Rahimovning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yo‘q.

Mavzuga oid