O‘zbekiston | 17:00 / 23.10.2023
9514
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda 3 kishi halok bo‘ldi 

Yo‘l-transport hodisasiga Nexia mashinasini boshqarib borayotgan 20 yoshli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qo‘yishi sabab bo‘lgan: mashina yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilgan.  

Tomdi tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz’ga Navoiy viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 20 oktyabr kuni soat 17:30 larda Tomdi tumani hududida sodir bo‘lgan. 20 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia mashinasi yo‘l chetiga chiqib ketgan hamda ag‘darilgan. Buning oqibatida 2 kishi voqea joyida, bir kishi shifoxonada vafot etgan. Halok bo‘lganlardan biri 3 yoshli bola bo‘lgan. Shuningdek, ikki kishi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Uchquduq tumanida ikkita Nexia to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgandi

Mavzuga oid