O‘zbekiston | 09:54 / 24.10.2023
4038
1 daqiqa o‘qiladi

Bolalar ombudsmanining asosiy vazifalari belgilanmoqda 

Bola huquqlariga oid qonunchilik talablari ijrosini o‘rganish, bola huquqlari ta’minlashini monitoring qilish, imkoniyati cheklangan, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, bola huquqlariga rioya qilish hamda ularni himoya qilish holatidan jamoatchilikni xabardor qilish Bolalar ombudsmanining asosiy vazifalari etib belgilanmoqda.

Foto: Qonunchilik palatasi

Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, 7 ta bob, 44 ta moddadan iborat bo‘lgan qonun loyihasida Bolalar ombudsmanini saylash tartibi, uning asosiy vazifalari nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, bola huquqlariga oid qonunchilik talablarining ijrosini o‘rganish, bola huquqlari ta’minlashini monitoring qilish, imkoniyati cheklangan, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, bolaning huquqlariga rioya qilish hamda ularni himoya qilish holatidan jamoatchilikni xabardor qilish Bolalar ombudsmanining asosiy vazifalari etib belgilanmoqda.

Deputatlar qonun loyihasini muhokama qilib, uni qo‘llab-quvvatladi.

Mavzuga oid