“Treningchi” Islom Ibrohimov qidiruvga berildi
U juda ko‘p miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda gumonlanmoqda.
Biznes-trener Islom Ibrohimov qidiruvga berilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda IIV rasmiy saytining qidiruvdagi shaxslar bo‘limida e’lon paydo bo‘ldi.
E’londa ko‘rinishicha, Islom Ibrohimov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni (firibgarlik, juda ko‘p miqdorda) sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan.
Jinoyat kodeksida ushbu turdagi jinoyat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha (132 mln so‘mdan 198 mln so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilangan.
Islom Ibrohimov asosan biznesda muvaffaqiyatga erishish, boy bo‘lish haqidagi treninglari bilan tanilgan. Ma’lum bir to‘lov evaziga turli viloyatlarda ushbu turdagi treninglar o‘tkazib kelgan.
SUBeKTIV oldinroq “biznes-trening” nomi ostida sotilayotgan kurslar hamda ular orasida o‘zi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish orqali mijoz yig‘ayotganlar haqida film tayyorlagan edi. Unda Islom Ibrohimov faoliyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tilgandi.
Mavzuga oid
19:44 / 19.11.2024
Yo‘l qurilishi bo‘yicha buyurtma olib berish evaziga 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
20:20 / 13.11.2024
Toshkentda EKU markazi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
07:46 / 07.11.2024
IIBB internetda firibgarlikning yangi ko‘rinishi avj olgani haqida ogohlantirdi
19:06 / 01.11.2024