Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi
Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Akamurod Uzoqovga hokimlik vazifasi yuklatildi.
27 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri hokimligida apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda viloyat hokimi Murotjon Azimov ham ishtirok etib, sektor rahbarlari va mas’ullar oldida turgan vazifalar va ularning ijrosiga to‘xtaldi.
Yig‘ilishda Akamurod Avazovich Uzoqovga Shahrisabz shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi.
U shu vaqtgacha Shahrisabz shahri hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Shuningdek, 26 oktyabrdan Dehqonobod tumani hokimi sifatida ish boshlagan shaharning sobiq hokimi Akrom Sulaymonov yangi lavozimga tantanali kuzatib qo‘yildi.
Sulaymonov 2020 yil noyabridan buyon Shahrisabz shahriga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024