Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS Isroildan 5 kunlik sulh so‘radi
Evaziga garovga olinganlarning bir qismini ozod qilishni taklif etdi.
HAMAS yetakchilaridan biri Ali Baraka Financial Times gazetasiga bergan intervyusida 5 kunlik otashkesim evaziga garovga olingan xorijliklarning bir qismini ozod qilishini aytdi.
Isroil fuqarolarini ozod qilish uchun qo‘shimcha shartlar qo‘yiladi, deb qo‘shimcha qildi u. Shu bilan birga, Ali Baraka HAMAS asirga olingan isroillik askarlarni qo‘yib yubormasligini va ularni o‘zaro asirlarni almashtirish uchun qoldirishini aytdi.
Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS a’zolari 229 kishini garovda ushlab turibdi.
27 oktyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari (TsAXAL) G‘azo sektorida quruqlik operatsiyasi kengaytirilganini e’lon qildi. Toshkent vaqti bilan soat taxminan 22:00 da G‘azo sektoriga ommaviy zarbalar berildi. Oqibatda, hududda aloqa va internet yo‘qolib qolgani haqida xabar berildi. Shu bilan birga, sektor chegarasida Isroil tanklari va artilleriyasi yo‘l olgani aytildi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025