Urushning ikkinchi bosqichi boshlangach G‘azoda nimalar bo‘lmoqda - fotosuratlar
Sektorda internet aloqasi butkul yo‘qolgan.
27 oktyabr kuni TsAHAL Isroil mudofaa armiyasining quruqlikdagi bo‘linmalari G‘azo sektoridagi amaliyotini «kengaytirayotgani» haqida e’lon qildi. Armiya rasmiysi Daniel Hagari G‘azo sektori shimoliy qismida hamon o‘z uylarida qolayotgan aholini anklavning janubiy qismiga o‘tishga chaqirdi. HAMAS harakati Isroil «quruqlikdan, dengizdan va havodan» hujum boshlaganini bildirgan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu esa buni HAMASga qarshi «urushning ikkinchi bosqichi» deb atagan. Isroil armiyasi 28 oktyabrga o‘tar kechasi harbiy-havo kuchlari sektor shimolidagi HAMAS harakatiga aloqador 150 ta yerosti obektlariga zarbalar yo‘llaganini ma’lum qilgan. G‘azo sektori aholisi urush boshlanganidan buyon Isroil tomonidan eng intensiv hujumlar ro‘y berayotganini ma’lum qilgan. 27 oktyabr kuni kechqurundan buyon u yerda internet va boshqa aloqa vositalari yo‘q. «Meduza» so‘nggi bir kun davomida hududda olingan fotosuratlarni to‘pladi.
Mavzuga oid
19:34 / 25.11.2024
OAV: Isroil Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
16:57 / 25.11.2024
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
15:51 / 25.11.2024
Iordaniyadagi Isroil elchixonasi yaqinida otishma yuz berdi
09:56 / 25.11.2024