Isroil rasmiylari o‘z fuqarolarini Kavkazni tark etishga chaqirdi
Isroil hukumati Shimoliy Kavkaz mintaqalari bo‘yicha tahdid xavfini maksimal darajaga ko‘tardi - «tezkor tahdidning yuqori darajasi».
Isroil Milliy xavfsizlik kengashi (MXK) va mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Kavkazning Isroil fuqarolari uchun xavfliligini baholashni Mahachqal’adagi g‘alayonlar ortidan «tezkor tahdidning yuqori darajasi»ni anglatuvchi eng yuqori darajaga ko‘tardi. Bu haqda idoralarning 30 oktyabr, dushanba kuni chop etilgan qo‘shma bayonotida aytiladi.
Isroil hukumati Adigeya, Checheniston, Dog‘iston, Ingushetiya, Kabardin-Bolqor, Qalmog‘iston, Karachay-Cherkesiya, Shimoliy Osetiya-Alaniya, shuningdek, Krasnodar va Stavropol o‘lkalari hamda Mineralniye Vodi shahri bo‘yicha xavfning to‘rtinchi darajasini belgiladi, deyiladi ma’lumotda.
«Milliy xavfsizlik kengashi va Isroil Tashqi ishlar vazirligi sizni yaqin kelajakda ushbu hududlarga bormaslikka, u yerda bo‘lgan isroilliklarni esa imkon qadar tezroq tark etishga chaqiradi», - deyiladi bayonotda.
Olomon Mahachqal’a aeroportiga bostirib kirdi
Kuni kecha bir necha yuzlab mahalliy aholi Tel-Avivdan Red Wings aviakompaniyasining navbatdagi reysi kelishidan oldin Mahachqal’a aeroportiga bostirib kirdi. Ular aeroportni egallab oldi va yahudiylarni qidira boshladi. Tartibsizliklar ishtirokchilari eshiklarni buzib, mashinalar chiqishini to‘sib qo‘ygan, u yerdagi odamlarning pasportlarini majburan tekshirgan, avtobuslarga buyumlar uloqtirib, samolyotga kirishga uringan.
Mahachqal’adagi hodisa natijasida, Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 20 kishi, jumladan, to‘qqiz nafar politsiyachi jarohatlangan. Rossiya Tergov qo‘mitasining Dog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi ommaviy tartibsizliklar moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Shimoliy Kavkazda bir qator boshqa hodisalar kuzatildi
Bundan bir kun avval Kabardin-Bolqor Respublikasi poytaxti Nalchik shahrida qurilayotgan yahudiylarning diniy milliy-madaniy jamiyati markaziga o‘t qo‘yildi.
29 oktyabr kuni Dog‘iston Respublikasining Xasavyurt shahridagi «Flamingo» mehmonxonasiga olomon to‘plandi. Odamlar mehmonxonada go‘yoki «isroillik qochqinlar» joylashtirilgani haqidagi xabarlar tufayli kelgan. Yig‘ilganlar mehmonxonada yahudiylar yo‘qligini isbotlashni talab qilib, mehmonxona tomon tosh otgan. Politsiya bir necha kishiga mehmonxonani tekshirishga ruxsat berganidan keyingina odamlar tarqaldi.
Mavzuga oid
10:30 / 23.11.2024
Xalqaro sud qarori: Netanyahu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
17:37 / 21.11.2024