Arestovich Ukraina prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi
Aleksey Arestovich agar prezidentlik saylovi o‘tkazilsa, unda ishtirok etmoqchi ekanini tasdiqladi.
Ukraina prezidenti devonining shtatdan tashqari sobiq maslahatchisi Aleksey Arestovich navbatdagi prezidentlik saylovida ishtirok etish niyatida. Mamlakatda harbiy holat joriy qilingani sababli saylovning sanasi hozircha noma’lum.
«Ha, men nomzodimni qo‘yaman», deb javob berdi u «Interfaks-Ukraina» jurnalisti so‘roviga javoban.
Arestovich, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan Ukrainadagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy va boshqa islohotlarga oid takliflar o‘zining saylovoldi dasturi ekanini tasdiqladi.
«Dastur mutaxassislar tomonidan yakuniga yetkaziladi, men uni muhokama qilish uchun e’lon qildim. E’tirozlar, fikrlar, maslahatlar, tanqidlar qabul qilinadi», deb yozdi u.
Ukrainada navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yil bahorida bo‘lib o‘tishi kerak, ammo hozirda jamiyatda ularni harbiy holat sharoitida o‘tkazish imkoniyati va zarurligi muhokama qilinmoqda.
Arestovich 2020 yil dekabridan 2023 yil yanvarigacha Ukraina prezidenti devonining mustaqil maslahatchisi bo‘lgan. U futurologik prognozlari bilan tanilgan. Arestovichning qarashlari va bayonotlari ko‘pincha ommaviy axborot vositalarining e’tiboriga tushadi va jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ladi. U, xususan, tashviqot yuritgani uchun ko‘p tanqid qilingan.
Mavzuga oid
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024