Isroil kemalarini Qizil dengiz hududiga o‘tkazganini ma’lum qildi
Isroil harbiy-dengiz kuchlarining raketali katerlari mintaqadagi mudofaa harakatlari doirasida Qizil dengizga yetib keldi - TsAXAL.
Isroil armiyasi kemalarni Qizil dengizga o‘tkazganini e’lon qildi.
«Baholangan vaziyatga ko‘ra va mintaqadagi mudofaa sa’y-harakatlarini kuchaytirish doirasida harbiy-dengiz kuchlarining raketali katerlari Qizil dengiz hududiga yetib bordi», — deyiladi Isroil mudofaa kuchlari (TsAXAL) bayonotida.
Bir kun avval Yamanda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan «Ansorulloh» (husiylar) harakati Isroilga uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) va raketalar bilan hujum qilganini bildirgan edi.
O‘z navbatida, Isroil armiyasi Qizil dengizdan Isroil hududiga otilgan raketani tutib olgani haqida xabar berdi.
2014 yil sentabridan beri Sana va Yamanning boshqa bir qancha hududlarini nazorat qilib turgan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar ilk bor Isroilga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
19:41 / 11.10.2024
Eron Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazidagi boshqa neft obektlariga hujum uyushtirish bilan tahdid qildi
17:26 / 11.10.2024
AQSh Livanni G‘azoga aylantirmaslikni talab qildi
11:13 / 11.10.2024
Isroil G‘azodagi maktab binosiga zarba berdi
10:46 / 11.10.2024