Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari Samarqandda muzokara o‘tkazadi
Emmanuel Makron 1-2 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 1-2 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e’tibor markazida bo‘ladi.
O‘zbekiston va Fransiya rahbarlari ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokidagi qo‘shma biznes forumi ishida ham ishtirok etadilar.
Sammit yakunida bir qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda savdo-investitsiyaviy kelishuvlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
16:40 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025