Isroil armiyasi G‘azo shahriga kirganini e’lon qildi
HAMAS jangchilari ularga qarshilik qilayotgani aytildi.

Hersi Ha-Levi Foto: Isroil mudofaa kuchlari
Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Hersi Ha-Levi Isroil harbiylari allaqachon G‘azo shahrida harakat qilayotganini ma’lum qildi, deb yozdi The Times of Israel.
«Biz urushning yana bir muhim bosqichiga o‘tdik. Harbiylar G‘azo shimolining markazida bo‘lib, shaharda harakat qilmoqda, uni o‘rab olmoqda, [quruqlik hujumini] kengaytirmoqda va olg‘a siljimoqda. Qo‘shinlar professional jangovarlik va jasoratni talab qiladigan zich va murakkab shahar sharoitida jang qilmoqda», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar aniq razvedka ma’lumotlari olinganidan keyin yuzma-yuz jangga kirishmoqda, ularga havo va dengiz kuchlari zarba bilan ko‘maklashmoqda. Ha-Levi so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorida quruqlik operatsiyasi boshlanganidan beri 18 nafar isroillik askar halok bo‘lgan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, o‘z navbatida, Isroil qo‘shinlari G‘azo shahri chekkasidan ichkariroqqa siljiganini aytdi.
«Biz janglarning eng yuqori cho‘qqisida turibmiz. Biz ajoyib muvaffaqiyatga erishdik va G‘azo shahrining chekkalaridan o‘tdik. Biz oldinga intilyapmiz», dedi u.
Reuters agentligiga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari va tanklari 2 noyabr kuni G‘azo shahriga yurish qilgan, HAMAS jangchilari qarshiligiga uchragan. Ular Isroil armiyasini minomyotlardan o‘qqa tutgan.
Mavzuga oid

13:30
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

14:20 / 23.04.2025
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti

13:04 / 22.04.2025
Isroilning asl maqsadi, vafot etgan Rim papasi va Ukraina urushidan charchagan AQSh - kun dayjesti

12:15 / 22.04.2025