Makron Mirziyoyevning siyosati haqida: “Bu – mintaqani barqarorlashtirishga qaratilgan siyosat”
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Shavkat Mirziyoyevning islohotlar siyosatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosat va ikki mamlakat munosabatlari haqida gapirdi.
“Bugungi fransuz-o‘zbek biznes forumini tashkillashtirgani uchun prezidentga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu shahar katta sivilizatsiyalarni birlashtirgan va savdo sohasida katta rol o‘ynagan.
Hurmatli prezident, men ochiq gapirmoqchiman. Siz 7 yildan beri siz ochiq siyosat olib bormoqdasiz. Bu – hududni, mintaqani tinchlantirish va barqarorlashtirish, shuning bilan birga iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirish siyosati.
Biz bu siyosatingizni qo‘llab-quvvatlamoqchimiz va uni amalga oshirishda sizga yordam bermoqchimiz. O‘tgan yili sizni Parijdagi 2 ta tarixiy ko‘rgazma doirasida qabul qildim. Luvr muzeyi va arab dunyosi institutida bo‘lgan tadbirlarda uchrashdik.
Biz 2021 yilda iqtisodiy yo‘l xaritasini imzolagan edik. Hozirgina siz bilan shunday qarorga keldik: biz strategik hamkorlik qurishga kelishib oldik”, – degan Makron O‘zbekiston–Fransiya biznes-forumidagi nutqida.
Mavzuga oid
12:44 / 11.10.2024
Zelenskiy Parijda Makron bilan Ukrainaning «g‘alaba rejasi»ni muhokama qildi
20:45 / 30.09.2024
Fransiyada Marin Le Pen ustidan sud boshlandi
20:25 / 22.09.2024
Fransiyada uzoq muddatli siyosiy inqirozdan keyin yangi hukumat tasdiqlandi
21:36 / 21.09.2024