Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yerosti gaz omborlari 98 foizga to‘ldi - «O‘ztransgaz»
Ob-havo sharoiti qulay bo‘lgani tufayli omborlardan gaz olinmayapti, balki uni to‘ldirish jarayoni davom etmoqda.
O‘zbekistonning «Gazli» va «Xo‘jaobod» yerosti gaz omborlari 6 noyabr holatiga ko‘ra 98 foizga to‘ldi. Bu haqda «O‘ztransgaz» matbuot xizmati rahbari Shahnoza Ravshanova Gazeta.uz'ga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kuz-qish mavsumi uchun mo‘ljallangan 3,5 mlrd kubometr gazdan 3,445 mlrd kubometri gaz omborlariga haydalgan. Qayd etilishicha, «Xo‘jaobod» gaz omborining quvvati 900 mln, «Gazli» gaz omborining quvvati esa 3 mlrd kubometrni tashkil etadi.
Faol gaz saqlash hajmini oshirish loyihasi doirasida «Xo‘jaobod» yer osti gaz omborida 5 ta quduq qazilgan.
Ma’lum qilinishicha, ob-havo sharoiti qulay bo‘lgani uchun omborlardan gaz olish boshlanmagan, aksincha, ularni to‘ldirish davom etyapti.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov sentabr oyida bergan intervyusida yil oxirigacha «Gazli» ombori sig‘imini 4,5 mlrd kubometrga, kelajakda esa 10 mlrd kubometrga yetkazish rejalashtirilganini aytgan.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025