Jahon | 15:26 / 07.11.2023
13845
5 daqiqa o‘qiladi

Odessa yana o‘qqa tutilishi va frontdagi rus artilleriyachilari. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 621-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 6 noyabrga o‘tar kechasi Odessaga raketalar va uchuvchisiz uchar qurilmalar bilan hujum qilindi. Sakkiz kishi jarohat olgan, Odessa milliy badiiy san’at muzeyi shikastlangan.
  • Britaniyaning 100 dan ortiq kompaniyasi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzganini tan olgan va davlat tomonidan jazo yengillashtirilishiga umid qilmoqda. Kompaniyalar nomi keltirilmagan. Qoidabuzarlik uchun ogohlantirish berilishi, jarima qo‘llanishi va hatto jinoiy ish ochilishi ham mumkin.
  • Rossiya Rostov oblastini anneksiya qilingan Qrim bilan bog‘lovchi temiryo‘l qurilishini boshladi, deb xabar berdi Zaporijjya oblastining anneksiya qilingan qismi «gubernatori» Yevgeniy Balitskiy.
  • Ukrainada Shahed dronlarining muqobilini seriyali ishlab chiqarish boshlandi, deb ma’lum qildi «Ukroboronprom» bosh direktori German Smetanin. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday dronlarning uchish masofasi ming kilometrga yetadi.
  • Ukraina QK rossiyaliklarning 3 noyabr kuni Zaporijjya oblastiga yo‘llagan zarbasi oqibatida 19 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.
  • Ilya Yashinni telegram-kanalidagi postlarida «inoagent» markirovkasi yo‘qligi uchun ayblanmoqda. Siyosatchi o‘ziga qarshi yangi jinoiy ish tayyorlanmoqda, deb hisoblaydi. 2022 yil dekabrida Yashinni «feyklar» tarqatishda ayblab, sakkiz yil-u olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etishgandi.

Odessa o‘qqa tutilishi oqibatlari

6 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Ukrainaning janubiy hududlariga hujum qilgan. Ukraina qurolli kuchlari «Janub» operativ qo‘mondonligiga ko‘ra, Odessa bo‘ylab «Oniks» va «Iskander-M» raketalari bilan zarba berilgan — ular shahar markaziga va «foydalanishda bo‘lmagan sanoat binolari»ga tushgan. Ko‘p qavatli turar joy binosi hamda shahar tarixiy qismidagi Sofiya ko‘chasida joylashgan Odessa milliy badiiy san’at muzeyiga tushgan. Shuningdek, Ukraina qurolli kuchlari Shahed tipidagi kamikadze dronlar Odessa oblasti port infratuzilmasiga hujum qilganini ma’lum qilgan — ular omborxonaga, maxsus texnika va g‘alla yuklangan avtomobillarga kelib urilgan. Hujumlar oqibatida sakkiz kishi jarohatlangan, ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.

Odessa badiiy san’at muzeyining ko‘rgazmalar zali hujumdan keyin
Odesskiy xudojyestvennyy muzey / AFP / Scanpix / LETA
Odessa badiiy san’at muzeyi yaqinida rossiyaliklar raketasi hosil qilgan krater
Nina Liashonok / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Tim Melnikov
Tim Melnikov

Chasiv Yar

Chasiv Yar Donetsk oblasti Baxmut shahridan 13 kilometr g‘arbda, baland tepaliklar hududida joylashgan, bu yerda Ukraina qurolli kuchlarining mudofaa liniyasi tashkil etilgan, Baxmut yo‘nalishidagi asosiy ta’minot liniyasi ham u orqali o‘tadi. Front chizig‘idan ichkariroqda joylashgan Chasiv Yar muntazam ravishda RF QK tomonidan artilleriya va kamikadze dronlar orqali o‘qqa tutib kelinmoqda. 

Chasiv Yarning drondan ko‘rinishi, 5 noyabr
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Mahalliy «Yengilmas punkt» rahbari — bu yerda odamlar isinishi, ovqatlanishi va texnikalarini quvvatlashi mumkin. 
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Shahar qabristoni
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Chasiv Yarda yashovchi keksa yoshli ayol iti bilan vayrona bino oldidan o‘tmoqda
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Donetsk oblastidagi RF artilleriyachilari 

Liman yaqinidagi rossiyalik harbiy xizmatchi 152-millimetr kalibrli, shatakka olib yuriluvchi 2A36 «Giatsint-B» zambaragi uchun snaryad tashimoqda. Liman — okkupatsiya ostidagi Donetskdan taxminan yuz kilometr shimoldagi strategik muhim shahar bo‘lib, bu yerda yirik temiryo‘l tuguni joylashgan. Limandan Shimoliy Don daryosidagi ko‘priklarga ham chiqish mumkin.
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiy Liman yo‘nalishida «Giatsint-B» gaubitsasidan o‘t ochmoqda
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiy o‘t ochish pozitsiyasida «Giatsint-B» snaryadi gilzasini chiqarib olmoqda
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid