Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Imperatori Abdulaziz Komilovni oliy orden bilan taqdirladi
8 noyabr kuni Yaponiya Imperatori Naruxito O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilovni “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan mukofotladi. Mukofot Tokiodagi Imperator qarorgohida tantanali tarzda topshirilgan.
Mahalliy OAVlarga ko‘ra, Yaponiyaning eng qadimiy mukofotlaridan biri hisoblangan “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni — Abdulaziz Komilovga ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun berilgan.
Ordenni Yaponiya imperatori Naruxito – mamlakat bosh vaziri Fumio Kishido ishtirokida topshirdi. Mukofot, shuningdek bir qancha mahalliy amaldorlarga ham topshirilgan.
Orden Yaponiyadagi eng qadimgi (1875 yildan beri beriladi) va mamlakatning eng oliy mukofoti hisoblanadi. U olti darajaga ega (katta lentadagi orden — eng yuqori daraja).
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025