Jahon | 15:44 / 09.11.2023
17161
6 daqiqa o‘qiladi

Vuhledar uchun janglar va «DXR»da qamalgan ukrain harbiysi. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 623-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Yevrokomissiya Ukrainaning Yevroittifoqqa a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qildi.
  • Ayblov rossiyalik rassom ayol Sasha Skochilenkoni sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishni so‘radi, u do‘konda mahsulotlarga narxlar o‘rniga urushga qarshi so‘zlar bitilgan qog‘ozlarni yopishtirib chiqqani uchun qo‘lga olingandi.
  • Odessada sud Xerson oblastining anneksiya qilingan qismi «gubernatori» Vladimir Saldoni sirtdan 15 yilga ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi. Uni davlatga xiyonat qilish, kollaboratsionizm va Rossiyaning Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzini oqlashda aybdor deb topishgan.
  • Rossiya ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuv muddati yakunlangani tufayli Gretsiyaning Moskvadagi elchixonasini yopdi.
  • Rossiya IIV Xalqaro jinoyat sudi sudyasi, Putinni hibsga olishga order bergan Serxio Xerardo Ugalde Godinesga qidiruv e’lon qildi.
  • Luhanskda «LXR militsiyasi» sobiq boshlig‘i Mixail Filiponenko avtomobilga o‘rnatilgan bomba portlashi oqibatida halok bo‘ldi.
  • Vladimir Putin rossiyalik investorlarning muzlatilgan aktivlarini xorijliklarniki bilan almashtirish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.

Kun kadri. Rostov-Donda ukrainalik harbiy mahbus 19 yil muddatga qamaldi

Rossiyada ukrainalik harbiylar tomonidan tinch aholi o‘ldirilishi bilan bog‘liq birinchi ish aprel oyida Rostov-Donda Janubiy harbiy okrug sudida ko‘rib chiqilishi boshlangandi. Ukraina qurolli kuchlari dengiz piyodasi Anton Cherednik Mariupol yaqinidagi Mirnoye posyolkasida yashovchi Oleksandr Piskunovni otib tashlashda ayblangan. Cherednikning tarixi haqida yozgan «Ґrati» nashri taxminiga ko‘ra, 2022 yil aprelida uni Mariupol yaqinida 501-batalyonning boshqa jangchilari bilan birgalikda qo‘lga olishgan, o‘shanda batalyon harbiylari qurshovga tushib qolgan va «Azov» polki hamda shaharning boshqa himoyachilari mudofaalanayotgan «Azovstal» zavodiga o‘ta olmagan.

Ish materiallariga ko‘ra, ukrainalik dengiz piyodasi qo‘lga olish chog‘idayoq tinch aholi vakilini otganini tasdiqlagan. Keyinroq asirdalik chog‘ida uni bir necha bor kamera qarshisida so‘roq qilishgan. Videoda ham Cherednik qotillik qilganini tan oladi, ammo hodisaning turli detallarini oshkor etadi. Masalan, birinchi safar u o‘zi o‘ldirgan kishi «palyanitsya» nima degani (ukrainchasiga non) haqidagi savolga javob bera olmaganini aytadi, boshqa safar esa — u javob bergani, ammo «joyidan qimirlagani», shundan keyin o‘t ochganini aytadi. Bu videolar nega yozib olgani noma’lum. Shuningdek, o‘sha vaqtda askarning advokati ham bo‘lgani aniq emas.

Anton Cherednikka 8 noyabr kuni sud hukmi o‘qildi, u «DXR» aholisi vakiliga kuch ishlatish va o‘ldirishda aybli deb topilib, 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi . Prokuror Cherednik uchun 17 yil so‘ragandi.

Anton Cherednik Rostov-Dondagi Janubiy okrug harbiy sudida
AFP / Scanpix / LETA

Ukraina QKning Vuhledar atrofidagi pozitsiyalari

Donetskdan 50 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Vuhledar shahri uchun janglar 2022 yil fevralidan buyon davom etmoqda. Keng ko‘lamli bosqin boshlanguniga qadar Vuhledarda 15 ming atrofida odam yashagan — 2023 yil yoziga kelib shaharda qolgan tinch aholi vakillari soni yuz nafar ham chiqmasdi. Amalda barcha binolar shikastlangan yoki vayron qilingan, shaharda elektr va ichimlik suvi ta’minoti yo‘q.

Noyabr oyi boshida Rossiya qo‘shini Vuhledar yo‘nalishida oldinga siljishga harakat qildi. Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari bu yurishni to‘xtatgani, RF armiyasi esa «og‘ir yo‘qotishlar»ga uchraganini ma’lum qilgan. Rossiyaliklar shaharni o‘qqa tutishda davom etmoqda.

Vuhledarning drondan ko‘rinishi
Kostya Liberov/ Libkos / Getty Images
58-alohida mexanizatsiyalashgan brigada jangchilari o‘z pozitsiyasi bo‘ylab harakatlanmoqda
Kostya Liberov/ Libkos / Getty Images
Kostya Liberov/ Libkos / Getty Images
Ukrainalik piyodalar tongda Vuhledar atrofida Amerikaning MK-19 rusumli avtomatik stanokli granatomyotidan o‘t ochmoqda
Kostya Liberov/ Libkos / Getty Images
Ukrain pozitsiyalarida kuzgi loygarchilik
Kostya Liberov/ Libkos / Getty Images
Ukrainlarning «Karatel» nomli droni dala ustidan uchmoqda. «Karatel» — piyodalar harbiy maqsadlar bo‘ylab zarbalar yo‘llashda foydalanadigan, qanoti qimirlamaydigan kichik samolyot hisoblanadi
Kostya Liberov/ Libkos / Getty Images
Ukraina QK jangchilari «Karatel» dronlarini boshqarmoqda
Kostya Liberov/ Libkos / Getty Images

Mavzuga oid