Qirg‘izistonda pasportga ona ismini yozish uchun berilgan ruxsat bekor qilindi
Konstitutsiyaviy sud pasportga ota ismi o‘rniga ona ismini yozishga ruxsat berish to‘g‘risidagi o‘z qarorini bekor qildi.
Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqib, mamlakatning voyaga yetgan fuqarolariga hujjatlarda otasining ismi o‘rniga ona ismi (matronim) ko‘rsatishga berilgan ruxsatni bekor qildi.
Shu yilning 30 iyun kuni Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi mamlakat Vazirlar Mahkamasiga matronim institutini joriy qilish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritish majburiyatini yuklagan edi. Unga ko‘ra, 18 yoshga to‘lgan qirg‘izistonliklar o‘z xohishiga ko‘ra, pasportga ota ismi o‘rniga onasining ismini yozdirishi mumkin bo‘lardi.
Konstitutsiyaviy sud qarori mamlakatda jiddiy tanqidlarga sabab bo‘ldi: xususan, davlat kotibi Suyunbek Kasmambetov, bosh muftiy Zamir Raqiyev va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev bunga qarshi chiqdi.
Tanqidlar fonida Konstitutsiyaviy sud vaziyatning rivojlanishi «jamiyatning taklif etilayotgan o‘zgarishlarga nisbatan o‘ta salbiy munosabatini ko‘rsatadi», «xalqning konstitutsiyaviy adolatga bo‘lgan ishonchi darajasini pasaytiradi», deb ta’kidladi. Shuning uchun sud o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.
Qirg‘izistonda hozir urf-odatlar bo‘yicha otasining ismidan keyin «uulu» (o‘g‘li) yoki «kyzy» (qizi) so‘zlari qo‘shilgan holda yoki sovet an’anasi bo‘yicha «vich», «vna» kabi sharif qo‘yish mumkin.
Mavzuga oid
20:39 / 03.10.2024
Sadir Japarov Qirg‘izistonda yashovchi milliarderlardan yordam so‘radi
21:40 / 02.10.2024
Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilgani ma’lum bo‘ldi
18:44 / 02.10.2024
Qirg‘izistonning 4 ta pansionati O‘zbekistonga berildi
20:27 / 01.10.2024