Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Butunjahon xayriya indeksida 36-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston aholisi notanishlarga yordam berish, pul mablag‘ini xayriya qilish, shuningdek, xayriya tadbirlarida ko‘ngilli sifatida ishtirok etish bo‘yicha ko‘rsatkichlarini ancha yaxshilagan.
Gallup tadqiqot kompaniyasi ko‘magida Charities Aid Foundation xalqaro xayriya tashkiloti tomonidan tuziladigan yillik Butunjahon xayriya indeksida (.pdf) O‘zbekiston 36-o‘rinni egalladi.
Reyting tuzuvchilari ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston aholisining (katta yoshdagi) 59 foizi notanishlarga yordam bergan, 58 foizi pul mablag‘ini xayriya qilgan va 18 foizi xayriya tadbirlarida ko‘ngilli sifatida ishtirok etgan. Umumiy hisobda bu O‘zbekistonga reytingda 45 ball keltirgan. Qayd qilinishicha, 2021 yilga nisbatan O‘zbekiston reyting ballari eng ko‘p (+7) o‘sgan mamlakatlar safida qayd etilgan.

Taqqoslanadigan bo‘lsa, reytingda Tojikiston 24-o‘rinda, Qirg‘iziston 34-o‘rinda, Qozog‘iston 107-o‘rinda qayd etilgan.
Indoneziya qatorasiga oltinchi yil reytingda peshqadam bo‘lib turibdi. Ukraina birdaniga 13 pog‘onaga ko‘tarilib, ikkinchi o‘ringa chiqqan. Reytingning yuqori o‘nligiga Keniya, Liberiya, AQSh, Myanma, Kuvayt, Kanada, Nigeriya va Yangi Zelandiya ham kirgan.
Eng quyi pog‘onalarni Moldova, Rossiya, Mali, Gruziya, Bangladesh, Mozambik, Qozog‘iston va Botsvana egallagan.
Reyting mualliflari dunyoda xususiy xayriya darajasi o‘sib borayotganini ta’kidlamoqda – bu tendensiya pandemiya davrida boshlangan. 2022 yilda dunyo aholisining 72 foizi hech bo‘lmaganda bir marta begonalarga u yoki bu tarzda yordam bergan.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
09:54 / 23.04.2025