Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bek Baraka» bozori direktori o‘rinbosari qo‘lga olindi
U savdo do‘konini 20 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan.
Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan «Bek Baraka» bozori direktori o‘rinbosari pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
«Bek Baraka ixtisoslashgan savdo kompleksi» MChJ direktori o‘rinbosari firibgarlik yo‘li bilan bozor balansidagi yangi tipda qurilgan yengil konstruksiyali savdo do‘konini sotmoqchi bo‘lgan.
U o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga olib berish evaziga 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan departamentning shahar boshqarmasi bilan o‘tkazilgan faol tadbirda ushlangan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
19:09 / 14.05.2025