O‘zbekiston | 16:55 / 13.11.2023
6563
7 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda British Management Universityʼning yangi kampusi ochildi

Toshkentdagi Britaniya Menejment universitetining vakillari o‘ta zamonaviy kampus ochilishi va jahon miqyosidagi yangi o‘quv dasturlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Foto: British Management University

British Management University (BMU) yangi kampusining tantanali ochilishiga bag‘ishlangan katta tadbir bo‘lib o‘tdi. Yangi kampusning manzili – Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Bobur ko‘chasi, 35.

Tantanali ochilish marosimiga faxriy mehmonlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining departament rahbari Odil Abdurahmonov, Buyuk Britaniya Lordlar palatasi vakili lord Veyverli va O‘zbekistondagi Britaniya kengashi direktori miss Denis Vadinxam tashrif buyurdi. Shuningdek, tadbirda Buyuk britaniyalik hamkor OTM: University of Reading va Queen Margaret University vakillari, University of Cambridge o‘qituvchilari, BMU rahbariyati, o‘qituvchilari va talabalari, mashhur blogerlar va inflyuenserlar qatnashdi.

BMUʼga kelgan mehmonlar dastlab kampus bo‘ylab ekskursiyaga taklif etildi, uning o‘ta zamonaviy infratuzilmasi va jihozlanishi mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi. Ekskursiyadan keyin ochilish marosimining rasmiy qismi boshlandi, unda faxriy mehmonlarning qutlov so‘zlari, iftixorga to‘la mulohazalar va ezgu tilaklar yangradi. Chiqishlar yakunlanganidan keyin faxriy mehmonlar ramziy tugmani bosish orqali kampus ishiga start berdi. BMU yangi kampusining tantanali ochilishi amalga oshdi!

Marosim doirasida universitet rahbariyati namunali akademik o‘zlashtirishga ega talabalarni va jamoatchi-faollarni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi. Tantanali marosimni raqs jamoalari va o‘zbek estradasi san’atkorlari ishtirokidagi ajoyib ko‘ngilochar dastur yakunladi.

BMU rektori Konrad Ozog: “Yangi kampusning qurilishi talabgir ixtisosliklar bo‘yicha qulay ta’lim olish va o‘z sohalarida haqiqiy yetakchi bo‘ladigan bilimdon rahbarlarni tarbiyalash uchun barcha sharoitlarni yaratish imkonini berdi. Toshkentdagi Britaniya Menejment universiteti ulkan rejalarga ega va yangi kampusda biz ularning birortasini qoldirmay amalga oshirishni hamda yosh iqtidorlarga jahon standartlariga muvofiq oliy ta’limga ega bo‘lish, muvaffaqiyatli ishga joylashish hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti foydasiga ishlash imkoniyatini taqdim etishni rejalashtirganmiz”.

Universitetning yangi hududi

British Management University – O‘zbekistondagi jahon miqyosidagi universitet Toshkentda 2020 yil 8 mayda tashkil topgan. Dastlab mashg‘ulotlar poytaxt markazidagi kichik kampusda o‘tkazilgan. Ikki yildan oz muddatda, eng yaxshi mutaxassislar qatnashishi, ilg‘or maxsus texnikadan va materiallardan foydalanish evaziga umumiy maydoni 44 000 m2ga teng zamonaviy eko-kampusni qurish loyihasi amalga oshirildi. 5 gektar maydonda o‘quv va ma’muriy korpuslar, yotoqxona, sport bilan shug‘ullanish va ochiq havoda dam olish infratuzilmalari, kafe, kitob do‘koni va kovorking-hududlar joy oldi. Bundan tashqari, BMUʼning yangi kampusida imkoniyatlari cheklangan insonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Yangi akademik binoda bir vaqtda 5000 nafargacha talaba tahsil olishi mumkin. Keng tadbirlar zali, guruhli mashg‘ulotlar uchun 68 ta auditoriya, seminar mashg‘ulotlari uchun 20 ta auditoriya, 8 ta ko‘p funksiyali kompyuter sinflari va 4 ta ma’ruzalar zali ularning tasarrufida. Har bir xona eng so‘nggi texnika bilan jihozlangan: taqdimotlar va videomateriallar namoyishi uchun proyektorlar, zamonaviy kompyuterlar, ilg‘or dasturiy ta’minot (DT). Katta kutubxona 20 000 birlikdagi kitob fondiga va raqamli resurslar kolleksiyasiga ega. Unda mashg‘ulotlarga tayyorlanish, tadqiqotlar o‘tkazish, loyihalar ustida ishlash mumkin. Shuningdek, o‘quv korpusida keng talabalar oshxonasi va o‘quv mashg‘ulotlari hamda musobaqalarni o‘tkazish uchun yopiq sport zal-transformer bunyod etilgan.

O‘zbekiston hududlaridan va boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar uchun 9 qavatli, 376 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona binosi qurilgan. Yotoqxona rezidentlari uch mahal ovqat bilan ta’minlangan va qulay yotoqlar va ish makonlariga ega, o‘z sanuzeli va dush kabinkasi bo‘lgan uch kishilik xonalarga joylashadi. Jamoat joylarida kir yuvish xonasi, mashg‘ulotlar uchun qo‘shimcha joylar, dam olish va hordiq chiqarish hududlari mavjud.

 BMU yangi kampusining sport infratuzilmasi mini-futbol uchun sun’iy qoplamali maydonni, voleybol va basketbol o‘ynash uchun maydonchani va trenajyorli vork-aut hududini o‘z ichiga oladi, binobarin talabalar nafaqat aqliy, balki jismonan ham kamol topishlari mumkin.

Jahon miqyosidagi o‘quv dasturlari

Toshkentdagi Britaniya Menejment universiteti yangi kampusda ta’lim berishning yuksak xalqaro standartlariga rioya etgan holda, zamonaviy jamiyatda ishlash va yashashga tayyor yuqori toifali mutaxassislar va bo‘lajak yetakchilarni tarbiyalashda davom etadi. BMU o‘quv dasturlari qatorida «Pre-Foundation tayyorlov kurslari», Foundation kursi, bakalavriatda 9ta yo‘nalishi bo‘yicha (VSC va BBA), magistraturada esa ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘qish (MSc) mavjud.

BMU Foundation dasturi Buyuk Britaniya OTM yetakchi 30taligiga va dunyo oliy ta’lim muassasalarining yetakchi 200 taligiga kiruvchi University of Reading tomonidan akkreditatsiya qilingan. BMU ning bakalavriat dasturi Queen Margaret University (Buyuk Britaniya) tomonidan tasdiqlangan.

O‘qish yakunida ikkita diplom beriladi. Ikkala diplom xalqaro e’tirofga ega va nafaqat O‘zbekistonda, balki chet elda ham ilmiy karera qilibgina qolmay, yuqori haq to‘lanadigan ish topishga ham imkon beradi. Universitetda ta’limning 100 foizini yoki bir qismini qoplaydigan grantlar tizimi amal qiladi, xorijiy almashinuv dasturlari va stipendiyalar mavjud.

https://bmu-edu.uz havolasi orqali yoki kol-markazning (+998) 95-511-99-99 telefon raqami orqali o‘qishga kirish shart-sharoitlari haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.

Instagram: @bmuedu

Telegram: t.me/bmuedu

LinkedIn: linkedin.com/company/british-management-university

Reklama

Mavzuga oid