O‘zbekiston rossiyaliklar orasida mashhur qishki yo‘nalishlar uchligiga kirdi
Shuningdek, rossiyaliklar ko‘proq Tailand, Turkiya, Hindiston va Ozarboyjonga borishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston rossiyaliklar orasida eng mashhur qishki yo‘nalishlar uchligiga kiradi. Bu haqda «Yandeks.Travel» tadqiqotiga asoslanib Spot xabar bermoqda.
Birinchi o‘rinda Tailand turadi, u yerda sayohat kishi boshiga 77 ming rubl (835,8 dollar) turadi. Shuningdek, Tailandning Bangkok va Pxuket eng ko‘p tashrif buyuriladigan shaharlar deb topildi.
O‘zbekiston rossiyaliklar orasida mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Rossiyalik sayyohlar uchun aviachiptalar narxi 31 ming rublni (Rossiya Markaziy banki kursi bo‘yicha 336,5 dollar) tashkil etadi.
Kuchli uchlikda eng ommabop yo‘nalishlardan biri Turkiya (423,3 dollar) turibdi. Qishki yo‘nalishlar top-5ligini Hindiston (575,3 dollar) va Ozarboyjon (303,9 dollar) yakunladi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi davomida O‘zbekistonga qariyb 630 ming Rossiya fuqarosi kelgan. Xususan, 200 mingdan ortiq rossiyalik sayyohlik maqsadida kelgan.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024