Jahon | 00:18 / 18.11.2023
13196
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada qurolli hujum oqibatida 300 million rubl o‘g‘irlab ketildi

Rossiya poytaxtidagi otishmada bank kuryyeri jarohatlangan, politsiya jinoyatchilarni izlamoqda.

Moskva markazida joylashgan bank yaqinida qurollangan kishilar o‘t ochib, 300 million rublga (≈37 mlrd so‘m) yaqin pulni o‘g‘irladi. Bu haqda RIA Novosti huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib xabar berdi.

Ba’zi manbalar hujum Presnenskiy Valdagi bank yaqinida sodir bo‘lgani haqida xabar berdi.

Qayd qilinishicha, ikki kuryyer Rossiya moliya banki yonidan pul solingan qoplarni olib o‘tayotganida, ularning yonida qora «Mersedes» mashinasi to‘xtagan. Uning ichidan tushgan uch shaxs kuryyerlarga qarata travmatik to‘pponchadan o‘q uzgan. Shundan so‘ng ular pulni olib, g‘oyib bo‘lishgan. Kuryyerlardan biri jarohat olgani aytilmoqda.

Xabarga ko‘ra, shahar politsiyasi jinoyatchilarni izlamoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid