Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya chegarasidagi qochqinlar: YeI birgalikda harakat qiladi
Finlandiya-Rossiya chegarasidagi qochqinlar bilan bog‘liq vaziyat Yevroparlament, Yevrokomissiya va YeI kengashi vakillari tomonidan muhokama qilindi. Ularning barchasi Rossiyadan keladigan bunday tahdidlardan himoyalanish uchun umumiy qat’iy siyosat zarurligini ta’kidladi.
Yevropa Ittifoqining Finlandiya va Rossiya o‘rtasidagi tashqi chegarasida so‘nggi voqealar, Rossiyadan Finlandiya tomoniga qochqinlar oqimi kirib kelgani Strasburgda Yevropa parlamentida deputatlar, Yevropa komissiyasi va YeI kengashi vakillari ishtirok etgan muhokama mavzusi bo‘ldi. Bu masala 21 noyabr, seshanba kuni kun tartibiga shoshilinch ravishda kiritildi. Yevropa Ittifoqining barcha institutlari, xususan, migratsiyadan foydalanayotgan Rossiyadan gibrid tahdidlarga qarshi kurashda yagona siyosatga muhtoj ekanini bildirdi.
Yevroparlament a’zolari Finlandiyani bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi, shu bilan birga, muhojirlarning huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilish muhimligini ta’kidladi. «Biz chegaralarimizni, qadriyatlarimizni ham himoya qilishimiz kerak», - deya xulosa qildi Yevropa komissari Ilva Yuxansson. U, so‘zga chiqqan ko‘plab parlament a’zolari singari, bunday muammolarga Yevroittifoqning umumiy qat’iy javobini ishlab chiqishga chaqirdi.
Yuxansson Rossiyaning Finlandiya bilan chegarasidagi qochqinlar oqimini dejavyu deb atadi va ikki yil avval Aleksandr Lukashenko tomonidan Belarusning Polsha, Litva va Latviya bilan chegaralarida ham xuddi shunday holat yaratilganini eslatib o‘tdi. «Biz buni o‘shanda hal qilgandik, hozir ham hal qilamiz», dedi Yevropa komissari. Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi «o‘z qadriyatlarimizni o‘zimizga qarshi yo‘naltirgan» qochqinlar muammosini hal qilish uchun yagona konsepsiyaga muhtoj.
Finlandiyadan deputat Sirpa Piyetikaynenning ta’kidlashicha, kuchli umumiy siyosatga qo‘shimcha ravishda, Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan eng uzun tashqi chegarasida Yevropol va Yevropa chegara qo‘riqchilari (Frontex), shuningdek, gibrid operatsiyalarga qarshi modelga muhtoj.
Finlandiyalik deputatlar tafsilotlarni aytib berdi
Finlandiyaning boshqa parlamentariylari nima bo‘layotgani haqida ma’lumot berdi. Shu tariqa, ular ma’lumotlariga ko‘ra, birgina noyabr oyining o‘zida 500 ga yaqin yigitlar to‘liq bo‘lmagan hujjatlar bilan chegaraga kelgan, ularning shaxsiy guvohnomalari «yo‘lda sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan». Finlar fikricha, «FSB» xorijliklarni Rossiyaga faol ravishda jalb qilmoqda, keyin ularni velosipedlar bilan ta’minlab, avtobusda chegaraga olib boryapti. Ular asosan Suriya, Somali va Yaman fuqarolari bo‘lib, 20 daraja sovuqda nazorat-o‘tkazish punktlarida tashlab ketilgan. To‘qqizta o‘tish joyidan to‘rttasi yopilganidan so‘ng, qochqinlar shimolga Laplandiyaga qarab harakatlangan, u yerda xalqaro himoya yuzasidan murojaat qilishi mumkin. Avstriyalik deputat Lukas Mandl bu harakatlarni «davlat tomonidan uyushtirilgan odam kontrabandasi» deb atadi.
Muhokama chog‘ida Rossiya Yevropa Ittifoqining migratsiya siyosatidagi kamchiliklarni suiiste’mol qilishda davom etmasligi uchun muhojirlarni chegaraga olib kelish kampaniyasi bo‘yicha mas’ul shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash, shuningdek, boshpana olish huquqiga ega bo‘lmagan muhojirlarga nisbatan aniq qoidalarni ishlab chiqish chaqiriqlari bo‘ldi.
Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qilayotgan Ispaniyaning tashqi ishlar bo‘yicha davlat kotibi Anxeles Moreno Bau Yevroparlamentni qonun loyihasi bo‘yicha takliflar kiritishga chaqirdi.
Noyabr oyi o‘rtalaridan buyon Iroq, Suriya, Yaman va boshqa Yaqin Sharq davlatlarining yuzlab fuqarolari Finlandiyaga kirish uchun Rossiya tomonidan chegaraga yo‘l oldi. Aksariyat boshpana izlovchilar Finlandiyaga kirish uchun zarur hujjatlarga ega emas. Finlandiya rasmiylari ushbu faoliyatni «aniq tashkil etilgan», «o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishi mumkin emas» va milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi, deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
00:36 / 28.05.2025
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
21:59 / 23.05.2025
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025