Borrel: Isroilni tanqid qilish - antisemitizm emas
«Yahudiylarni yoqtirmaslikda» ayblanmasdan, Isroil hukumati va Isroilning G‘azodagi harbiy harakatlarini tanqid qilish huquqi saqlanib qolishi kerak, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel chorshanba, 22 noyabr kuni Yevroparlamentga «yahudiylarni yoqtirmaslikda ayblanmasdan» Isroil hukumati va Isroilning G‘azodagi harbiy harakatlarini tanqid qilish huquqini saqlab qolish kerakligini aytdi.
Shu bilan birga, u «antisemitizmning xunuk yuzini ko‘rsatadigan namoyishlar Falastin ishiga yordam bermasligini», aksincha, unga to‘sqinlik qilishini ta’kidladi. «Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini tan olish va shu bilan birga, G‘azo sektori hamda G‘arbiy sohilda tinch aholi bilan sodir bo‘layotgan voqealardan g‘azablanish, tanqid qilish imkoniyati saqlab qolinishi kerak», - dedi Borrel. «Falastinliklarning o‘z davlatiga bo‘lgan huquqini antisemit deb atalmasdan himoya qilish imkoni bo‘lishi kerak», - deya qo‘shimcha qildi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
YeI mojaro bo‘yicha umumiy pozitsiyani ishlab chiqishda davom etmoqda
Jozep Borrel 7 oktyabr kuni HAMAS tashkilotining Isroilga hujumini «Ikkinchi jahon urushidan beri yahudiylarga qarshi eng yirik harakat» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azodagi javob janglari «misli ko‘rilmagan gumanitar falokat»ga aylanmoqda.
Borrelning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqi umumiy pozitsiyasini ishlab chiqish davom etmoqda. Shu paytgacha «ayrim a’zo davlatlar tomonidan Isroilning o‘zini himoya qilish huquqi qanday amalga oshirilayotgani haqida turli bayonotlar» bo‘lgan, biroq umumiy pozitsiya yo‘q, deya tushuntirdi u.
Mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi Borrel. Uning fikricha, har ikki xalq xalqaro hamjamiyat ko‘magida birga yashashi kerak. Bu yordam hali ham taqdim etilmadi, deya xulosa qildi u.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 14 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid
09:56
TSAHAL: «Hizbulloh» Isroilga 250 ga yaqin raketa uchirdi
09:17 / 24.11.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan
10:30 / 23.11.2024
Xalqaro sud qarori: Netanyahu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024