O‘zbekiston | 22:35 / 25.11.2023
13952
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati hokimi «vaqtincha fotosuratchi» vazifasini bajardi

Zoir Mirzayev o‘z xodimlarining ko‘chat ekish jarayonini suratga oldi.

Foto: daryo.uz

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev «Yashil makon» loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda fotoapparatni qo‘liga olib, «vaqtincha fotosuratchi» vazifasini bajardi. U o‘z xodimlarining ko‘chat ekish jarayonini suratga oldi.

Qayd qilinishicha, tadbir Nurafshon shahridagi Nurafshon Bussiness City hududida o‘tkazilgan. Tadbir avvalida jonliq so‘yilib, yurt obodligi, viloyat farovonligi uchun tilovat qilingan.

Ko‘chat ekish jarayonida Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev, boshqarma va tashkilot rahbarlari, tuman va shahar hokimliklari mutasaddilari, keksalar, yoshlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.

Zoir Mirzayev 2021 yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyatiga hokimlik qiladi.

Foto: Nozim Abdulla
Foto: Nozim Abdulla
Foto: Nozim Abdulla
Foto: Nozim Abdulla

Mavzuga oid