O‘zbekiston | 12:29 / 25.11.2023
16233
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda ichimlik va oqova suvi bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi
Toshkent shahar kengashi tomonidan poytaxtda ichimlik suvi ta’minoti tariflari jismoniy shaxslar uchun 1400 so‘m, yuridik shaxslar uchun 3000 so‘m etib belgilanishi tasdiqlandi.
Toshkentda ichimlik va oqova suvi bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqdagi qaror 24 noyabr kuni poytaxt xalq deputatlari kengashi tomonidan ma’qullangan.
Jumladan, jismoniy shaxslar, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun suvning bir kub metri narxi 1400 so‘m, oqova suv uchun 1000 so‘m etib belgilandi. Yuridik shaxslar uchun tariflar - ichimlik suvining har kub metri uchun 3000 so‘m, oqova suv uchun esa 2200 so‘m.
Tariflar qaror e’lon qilinganidan keyin 15 kun o‘tgach, ya’ni 9 dekabrdan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
18:52
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024