Olmazor tumanining aksariyat qismi yana elektr ta’minotidan uzildi
Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» Toshkent shahar filiali xabariga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bugun, 27 noyabr kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Olmazor tumani: «G‘ani A’zamov», «Paxta», «Moyariq», «Yangi Toshkent», «Gulsaroy», «Tepaguzar», «G‘alaba», «Islom ota», «Qichqiriq», «Umid», «Bo‘stonobod» hamda «Istiqbol» MFY ayrim ko‘chalarida soat 11:00 dan 13:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirib o‘tilgan.
Ma’lumot uchun, 24 noyabr kuni ham «Sag‘bon» podstansiyasida avariya yuz berishi oqibatida Toshkent shahri Olmazor tumanining katta qismi elektr ta’minotidan uzilgandi.
Mavzuga oid

12:07 / 08.04.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

08:24 / 26.03.2025