Qoraqalpog‘istonda o‘rmon xo‘jaligi rahbari noqonuniy ov qilib yurgani aniqlandi
«Qorao‘zak» davlat o‘rmon xo‘jaligi rahbari tegishli ruxsatnomasiz ov miltig‘i bilan ov qilib yurgani aniqlangan.

Foto: Ekologiya vazirligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligi, respublikasi prokuraturasi va «Sudochyye-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd tadbirida noqonuniy ovning oldi olingan.
Qayd qilinishicha, Mo‘ynoq tumani, «Qozoqdaryo» mahallasi hududida o‘tkazilgan reyd davomida «Qorao‘zak» davlat o‘rmon xo‘jaligi rahbari A.I. tegishli ruxsatnomasiz ov miltig‘i bilan ov qilib yurgani aniqlangan.
Holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 4-qismi (Tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qilish yoki baliq ovlash) bilan ish ochilgan.
Ushbu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, mansabdor shaxslarga BHM qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid

08:14 / 11.04.2025
Qoraqalpog‘istonda Isuzu va DAF yuk mashinalari to‘qnashdi

13:26 / 08.04.2025
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi

20:29 / 06.04.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor ochiq osmon ostida konsert tashkil etildi

12:33 / 03.04.2025