O‘zbekiston | 09:55 / 27.11.2023
16648
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Surxondaryodagi 6 ta soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

Soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan Toshkent shahar va Surxondaryo viloyatidagi 6 ta tuman soliq inspeksiyasida yangi boshliqlar ish boshladi.

Toshkent shahar

Rustam Ashurmatov Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1978 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Shayxontohur tumani hokimiyatida bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Surxondaryo viloyati

Rashid Jo‘rayev Angor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1990 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Sherobod tumani soliq inspeksiyasida shu’ba boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bobur Haydarov Denov tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1988 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Denov tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuhrat Jumayev Bandixon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1976 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Sherobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tohir Sarmanov Boysun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1991 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Bandixon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bahriddin Akromov Sherobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1968 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Boysun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid