HAMAS garovga olinganlarning beshinchi guruhini ozod qildi
10 nafar isroillik Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi xodimlariga topshirildi.

Foto: Reuters
28 noyabr kuni Falastinning HAMAS harakati Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi xodimlariga garovga olinganlarning yana bir guruhini topshirdi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
«HAMAS garovga olinganlarning beshinchi guruhini Qizil Xochga topshirdi», deyiladi xabarda.
Bu guruhda 10 nafar isroillik borligi avvalroq xabar qilingan edi.
O‘z navbatida, Haaretz gazetasi 28 noyabr kuni kechqurun Isroil qamoqxonalaridan 30 nafar falastinlik - 15 ayol va 15 bola ozod etilishi rejalashtirilganini xabar qildi.
Bir kun avval Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh yana ikki kunga uzaytirilgan edi.
Isroil vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuvda sulhning maksimal muddati 10 kun bo‘lib, bu muddat davomida Isroil 300 mahbusni ozod qiladi.
Isroil matbuotiga ko‘ra, vaqtinchalik sulh kuchga kirgan paytdan beri 50 nafar isroillik va 150 nafar falastinlik dastlabki kelishuv shartlariga muvofiq ozod etilgan.
Mavzuga oid

13:04 / 22.04.2025
Isroilning asl maqsadi, vafot etgan Rim papasi va Ukraina urushidan charchagan AQSh - kun dayjesti

12:15 / 22.04.2025
Isroil-HAMAS muzokaralarida uzoq muddatli sulh taklif etildi

16:46 / 21.04.2025
TSAHAL tekshiruvi: G‘azoda shifokorlar o‘limiga «operativ anglashilmovchilik» sabab bo‘lgan

12:27 / 21.04.2025