Qurg‘oqchilik sayyora miqyosida «misli ko‘rilmagan» holatga aylandi - BMT
Qurg‘oqchilik tez-tez yuz bermoqda, shiddatliligi ortmoqda, suv omborlari sathi kamaymoqda va qishloq xo‘jaligi hosildorligi pasayib ketyapti.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) yangi hisobotida iqlim o‘zgarishlari yomonlashgani sari qurg‘oqchilik «tilsiz qotilga» aylanib borayotgani haqida so‘z boradi. Bu haqda Newsweek yozdi.
Hisobotda aytilishicha, iqlim o‘zgarishi ko‘proq odamlarning umriga zomin bo‘lmoqda, iqtisodiy yo‘qotishlarga sabab bo‘lmoqda va jamiyatning ayrim sohalariga har qachongidan ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
«Boshqa ofatlardan farqli o‘laroq, qurg‘oqchilik sezilmasdan sodir bo‘ladi...» deyiladi BMT sharhida.
Unda qurg‘oqchilikning tez-tez yuz berayotgani va shiddatliligi ortayotgani, suv omborlari sathi kamayib borayotgani, qishloq xo‘jaligi hosildorligi pasayib ketayotgani ta’kidlanadi. Shu bilan birga, biologik xilma-xillik yo‘qolib, ochlik avj olmoqda.
Hisobotda qurg‘oqchilik Yerning ayrim hududlariga qanchalik jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, Qo‘shma Shtatlarning 5 foiz hududi qattiq yoki haddan tashqari qurg‘oqchilikni boshdan kechirmoqda. Bu faqat AQSh uchun xavfli emas: dunyo bo‘ylab ko‘plab mamlakatlar iqlim o‘zgarishi yomonlashgani uchun qurg‘oqchilikdan aziyat chekyapti.
Agar global harorat ko‘tarilishda davom etsa, 170 millionga yaqin odam kuchli qurg‘oqchilikdan aziyat chekishi mumkin. Bu kutilganidan 50 millionga ko‘p.
Yillar davomida qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan Sharqiy Afrikada tabiiy ofat ocharchilikka sabab bo‘lmoqda. Afrika shoxida yashovchi 23 millionga yaqin odam «oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan».
BMT shuningdek, iqlim o‘zgarishi ob-havo sharoitlarini oldindan bashorat etishni imkonsiz qilayotganiga, yog‘ingarchilik kamayganiga e’tibor qaratgan.
Olimlar global isish uzoq vaqtdan beri Yerga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlashgan. Shu yil yozdan oldin ular ko‘pchilik mamlakatlar «jahannam jaziramasini» boshdan kechirishidan ogohlantirgan edi. Haqiqatan ham, yozning oxirida sinoptiklar ko‘plab harorat rekordlarini qayd etishdi.
Mavzuga oid
21:30 / 23.11.2024
COP29: Boy davlatlar iqlimni moliyalashtirishni oshirishga rozi bo‘ldi
17:39 / 23.11.2024
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
07:50 / 22.11.2024
BMT RFning Dniproga ballistik raketa zarbasidan xavotirda
15:22 / 21.11.2024