Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati hokimi: «Neftchi» kelasi mavsum chempionlik uchun kurashadi»
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov «Neftchi» klubining Superligadagi bu yilgi ishtiroki uchun jamoa a’zolariga minnatdorchilik bildirdi va klub kelasi mavsum oltin medallar uchun kurash olib borishini ma’lum qildi.
«Sevimli «Neftchi» jamoamiz futbolchilariga, bosh murabbiy Vitaliy Levchenkoga, jamoaning barcha mutasaddilariga mavsum davomidagi yorqin o‘yinlar hamda chempionatning so‘nggi daqiqalariga qadar muxlislarga taqdim etilgan hayajonli onlar uchun minnatdorchilik bildiraman.
O‘zbek futbolida o‘z o‘rniga hamda eng sodiq muxlislarga ega «Neftchi» jamoasi, Xudo xohlasa kelgusi mavsumda Superligada yanada munosib qatnashib, oltin medallar uchun kurash olib boradi. Buning uchun «Neftchi»ni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga davom etamiz», - deya Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning so‘zlarini keltirgan hokimlik axborot xizmati.
Ma’lumot uchun, «Neftchi» joriy mavsum ham chempionlik uchun kurash olib borib, chempionat so‘nggi turlaridagi ochko yo‘qotishlardan keyin Superligani 5-o‘rinda yakunladi. «Paxtakor» chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, «Nasaf», «Navbahor» va OKMK to‘rtlikdan o‘rin olgandi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov «Neftchi» klubi prezidenti lavozimidan ozod etilib, Xayrullo Bozorovning taklifiga ko‘ra, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Habib Sirojitdinov klub prezidenti etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025