O‘zbekiston | 19:33 / 05.12.2023
9021
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston kartoshkasining birinchi partiyasi Toshkentga yetkazildi 

Birinchi partiyaning umumiy hajmi 1 ming tonna tanlangan kartoshkani tashkil qiladi.

Qirg‘izistonning Issiqko‘l va Norin viloyatlarida yetishtirilgan kartoshkaning birinchi partiyasi Toshkent shahri iste’molchilariga muvaffaqiyatli yetib bordi. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligiga tayanib 24.kg xabar berdi. 

Birinchi partiyaning umumiy hajmi 1 ming tonna tanlangan kartoshkani tashkil qiladi. U dastlab laboratoriya tekshiruvidan o‘tgan va allaqachon to‘liq sotib yuborilgan. 

«Bu O‘zbekiston savdo vakolatxonasining sa’y-harakatlari tufayli amalga oshdi. Ta’minot nafaqat O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni ta’kidlab qolmay, balki savdo-iqtisodiy sohalarda kelajakdagi sheriklik munosabatlariga ham yo‘l ochadi», deyiladi vazirlik xabarida. 

Avvalroq, Qozog‘iston kartoshkasining O‘zbekistonga eksporti 14 barobar oshgani, O‘zbekistonga kartoshka yetkazib berishning 95,4 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelishi haqida xabar berilgan edi. 

Mavzuga oid