O‘zbekiston | 13:02 / 05.12.2023
8605
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 20 ming qalbaki dollarni sotayotgan shaxslar ushlandi

Chilonzor tumanida 20 ming qalbaki AQSh dollarini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslarga tezkor tadbirda qo‘lga olindi.

Foto: Prokuratura departamenti

Toshkent shahrida qalbaki dollarni sotayotgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda muqaddam sudlangan J.A. va boshqalar Chilonzor tumani, 6 mavzesida jami 400 dona 50 AQSh dollarlik qalbaki 20 000 AQSh dollarini fuqaro K.N.ga 10 000 dollarga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq Bekobodda 250 mln so‘mdan ortiq qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.

Mavzuga oid