Turkiya Isroilni xorijdagi HAMAS yetakchilariga «ov boshlashdan» ogohlantirdi
Avvalroq, Isroil rasmiylari HAMAS harakatining xorijdagi a’zolarini ham nishonga olishini ma’lum qilgan edi.
Turkiya Isroilni HAMAS yetakchilariga Falastin hududidan tashqarida, jumladan Turkiyada ham «ov boshlashga» urinsa, bu «jiddiy oqibatlarga» olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda razvedka xizmati xodimiga tayanib, Reuters xabar berdi.
«Isroil rasmiylarining bayonotlaridan kelib chiqib, suhbatdoshlarimizga tegishli ogohlantirishlar berildi va Isroilga bunday harakatlar jiddiy oqibatlarga olib kelishi aytildi», deb Turkiya razvedkachisi so‘zlarini keltirdi BBC.
O‘tgan hafta Amerika matbuoti Isroil razvedkasining xorijda yashovchi HAMAS yetakchilarini yo‘q qilish rejalari haqida xabar bergan edi.
3 dekabr kuni Isroilning jamoat televideniyesi ichki xavfsizlik xizmati Shin-Bet boshlig‘i Ronen Bar so‘zlarini keltirdi. U Isroil davlati Livan, Turkiya va Qatarda yashovchi HAMAS a’zolarini nishonga olishini, bunga yillar talab qilinsa ham baribir bajarilishini tak’idlagan edi.
Mavzuga oid
19:17
Sakkiz yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
19:07
“Isroilning shartlari asosidagi sulh” - ekspertlar Livandagi otashkesim haqida
15:25 / 27.11.2024
«Tinch aholi uyini bombalash g‘alaba deyilmaydi» – oyatulloh Netanyahuni qatl etishga chaqirdi
14:11 / 27.11.2024