O‘zbekiston | 18:01 / 06.12.2023
36550
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatida ham jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga olish boshlandi

Reydlar davomida 47 kishi ushlanib, shundan 6 nafariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB

Samarqand viloyatida ham respublikaning boshqa viloyatlari singari «Dolzarb 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga a’zo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini o‘tkazishga uringan shaxslar qo‘lga olinmoqda.

Xususan, maxsus xizmatlar va huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Samarqand viloyatida jinoiy guruh a’zolari bo‘lgan 47 kishi qo‘lga olinib, ularning 6 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 25 nafari ma’muriy tartibda qamoqqa olindi.

Reyd tadbirlari davomida ushbu shaxslardan giyohvandlik va psixotrop vositalar, sovuq qurollar (kastet, bita va boshqalar) protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan. 

Hozirda maxsus-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Bungacha Toshkent shahridan tashqari Farg‘ona, Namangan, Andijon va Xorazm viloyatlarida jinoyatchilarni qo‘lga olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilgandi.

Mavzuga oid