Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi qiymati ma’lum bo‘ldi
Temir yo‘l qurilishining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi.
Qirg‘iziston Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishining texnik-iqtisodiy asosini allaqachon olgan. Bu haqda 6 dekabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida «Qirg‘iziston temir yo‘llari» milliy korxonasi bosh direktori o‘rinbosari Doston Usubaqunov ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, yo‘l qurilishi taxminan 4 milliard dollarga baholanmoqda. Hozir Xitoy va O‘zbekiston tomonlari bilan moliyalashtirish va mablag‘ jalb qilish masalasi muhokama etilmoqda.
«Qirg‘iziston-Xitoy-O‘zbekiston yo‘lining qurilishi tranzitimizni oshiradi. Biz har doim bu janubiy oqim ekanini aytib kelganmiz. Aynan Qirg‘iziston hududi orqali tranzit amalga oshiriladi, ya’ni O‘zbekiston orqali Yaqin Sharqqa. Turkmaniston, Eron va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga yetib bora olamiz. Keyin esa Hindiston, BAA bilan bog‘lanib, Tinch okeaniga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lamiz», dedi Usubaqunov.
Avvalroq O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 2024 yilda boshlanishi mumkinligini aytgan edi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025