Jamiyat | 16:39 / 07.12.2023
20589
2 daqiqa o‘qiladi

Agrobank ATB tizimdagi korrupsion holatlarga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumot berdi

Agrobank tomonidan “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan matbuot anjumanida bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, bank xodimlari va mijozlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi.

Foto: Agrobank

Bank rahbariyati tomonidan korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish eng ustuvor vazifa etib belgilangani, bank tizimida komplayens nazorat sohasining huquqiy bazasi yaratilgani hamda ichki me’yoriy hujjatlarga qo‘yilgan talablar takomillashtirilgani ta’kidlandi.

Fuqarolar va mijozlar tomonidan korrupsion holatlar yuzasidan tezkor xabar berish maqsadida:

- 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi rasmiy Telegram-bot (@agrobankcompliancebot);

- Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlarining sahifasida;

- tezkor ishonch telefoni (+998712028008 yoki 1216);

- compliance@agrobank.uz alohida elektron pochtasi;

- agrobank.uz saytida korrupsiya holatlariga oid alohida sahifa yurituvi joriy etilgani haqida axborot berildi.

Agrobank kompleans nazorat departamenti direktori Xurshidbek Rahmonov bankda xodimlarni ishga olishda korrupsiyaning oldini olish haqida gapirdi:

- “Kadrlar bilan ishlashni tartibga solishda kompleans nazoratning bir nechta ishlari amalga oshirildi. Xodimlarni ishga qabul qilishda alohida tekshiruv jarayoni yo‘lga qo‘yildi. Tekshiruvda nomzodlarning xodimlar yoki rahbar xodimlar bilan manfaatlar to‘qnashuvi bor-yo‘qligi, tizim bilan aloqadorligi dastlabki ravishda o‘rganiladi. Ishga qabul qilishda qaror qabul qilish tizimi joriy etilgan. Kasbga muvofiqlikni ta’minlash komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi va bu komissiya qaror qabul qilish jarayoni bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida onlayn yoritiladi”, - dedi u.

Mavzuga oid