O‘zbekiston | 11:11 / 07.12.2023
141796
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi 38 nafar shaxs qamoqqa olindi

Tadbir davomida 1 ta odam o‘g‘irlash va bosqinchilik, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlash hamda 9 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlangan. 

Foto: Buxoro viloyati IIB

Buxoro viloyatida o‘tkazilgan keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar davomida jinoyatlarga aloqador shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, IIB va uning hududiy organlari xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida sodir etilib, fosh qilinmasdan qolgan 22 ta jinoyat fosh etilgan hamda qidiruvda bo‘lgan 31 nafar shaxs ushlangan. Tadbir davomida 1 ta odam o‘g‘irlash va bosqinchilik, 8 ta giyohvandlik hamda psixotrop dori vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlash hamda 9 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlangan.

Mazkur jinoyatlarda gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning 5 nafariga qamoqqa olish hamda 15 tasiga boshqa turdagi ehtiyot choralari qo‘llangan.

Shuningdek, reyd tadbirlari davomida 98 nafar shaxs bilan manzilli profilaktik ishlar olib borilib, kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi 38 nafar shaxs ma’muriy qamoqqa olingan. 

Bungacha Toshkent shahridan tashqari Toshkent, Farg‘onaNamanganAndijonXorazm va Samarqand viloyatlarida jinoyatchilarni qo‘lga olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilgandi.

Mavzuga oid