Fan-texnika | 20:51 / 07.12.2023
46918
2 daqiqa o‘qiladi

Google o‘zining eng kuchli Gemini sun’iy intellekt modelini ishga tushirdi

U OpenAI kompaniyasining GPT-4 modeliga asosiy raqobatchi bo‘lishi mumkin.

Google kompaniyasi Gemini neyron tarmog‘ini ishga tushirdi. Kompaniya uni sun’iy intellektning eng kuchli va samarali modeli deb atamoqda. 

Gemini uchta komponentni o‘z ichiga oladi: Ultra (eng katta va eng funksional), Pro (keng ko‘lamli vazifalar uchun) va Nano (aniq vazifalar va mobil qurilmalar uchun). Ularning barchasi rasmlar, audio va videolarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Ultra eng kuchli tarmoq bo‘lib, 57 ta fan (matematika, fizika, tarix, huquq, tibbiyot, etika va boshqalar) bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va mustaqil ravishda faktlarni tekshirish va muammolarni hal qilish imkoniyatiga ega. 

«Gemini - bu turli Google jamoalari o‘rtasidagi hamkorlik mahsulidir. Bu model noldan yaratilgan. U matn, kod, audio, tasvir va videoni o‘z ichiga olgan har xil turdagi ma’lumotlarni umumlashtirishi va oson tushunishi, qayta ishlashi va birlashtirishi mumkin», dedi Sundar Pichai, Alphabet (Google) kompaniyasi bosh direktori. 

Gemini API va boshqa vositalar bilan oson integratsiyalasha oladi. Shu sababli, 13 dekabrdan boshlab ishlab chiquvchilar va korporativ mijozlar Pro modelidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. 7 dekabrdan boshlab Google Bard rejalashtirish, murakkab mavzularni tushunish va hokazolarda yordam berish uchun undan foydalana boshlaydi.

Keyinchalik Nano model ishga tushiriladi. Uning yordamida ishlab chiquvchilar Android uchun ilovalar yaratishi mumkin bo‘ladi. 

2024 yilda Ultra modeli asosida Bard Advanced ishga tushiriladi. Bu chatbot joriy qilinganidan beri eng katta yangilanish bo‘ladi.

Mavzuga oid