Samarqandda o‘smir sportchini bosib o‘ldirgan haydovchi 6 yilga qamaldi
Sud majlisida marhumning otasi haydovchiga maksimal jazo berishni so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida qoidalarni buzgan holda harakatlanib, yosh yigitning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 20 avgust kuni tungi soat 00:36 lar atrofida Urgut shahri markazidan o‘tuvchi Navoiy shohko‘chasida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
«Malibu-2» mashinasi Navoiy shohko‘chasining «Bog‘ishamol» MFY hududidan o‘tuvchi qismida harakatlanib kelayotgan vaqtida yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga harakatlanib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olgan va haydovchi tomonidan zudlik bilan tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. Biroq tibbiyot xodimlari ko‘rsatgan muolajalariga qaramasdan u vafot etgan.
Qayd etilishicha, haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilgan.
Sudning hukmiga ko‘ra, u 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan holda, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini olgan.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024