Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va BMTning Kosmos boshqarmasi o‘zaro aloqalarni jadallashtiradi
Venada O‘zbekiston va BMTning Kosmos masalalari bo‘yicha boshqarmasi o‘rtasidagi aloqalarni yanada jadallashtirish bo‘yicha kelishib olindi.
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Baxtiyor Ibragimov BMTning Kosmos masalalari bo‘yicha boshqarmasi (UNOOSA) direktori Arti Xoll-Mayn bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida UNOOSA'ning kosmik tadqiqotlar sohasidagi turli dastur va tashabbuslari hamda global muammolarni hal qilishda kosmik texnologiyalarning roli xususida fikr almashildi.
Tomonlar UNOOSA va O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi «O‘zbekkosmos» agentligi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni jadallashtirish, qishloq xo‘jaligi, o‘rmonlarni kesish bilan bog‘liq harakatlarni oldini olish va noqonuniy qazib olishga qarshi kurash kabi sohalarda hamkorlikning mavjud salohiyatini muhokama qildilar.
Uchrashuvda, shuningdek, Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq masalalar, qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish, atrof-muhit monitoringi, suv resurslarini tahlil qilish va cho‘llanishga qarshi kurashish cingari ekologik muammolarni hal qilishda kosmik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha hamkorlik istiqbollariga e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
22:56 / 23.05.2025
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025