Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt amiri vafot etdi
86 yoshda bo‘lgan Navof as-Saboh mamlakatni 2020 yildan buyon boshqarayotgandi. O‘shanda u akasi Saboh IV vafotidan keyin taxtni qabul qilib olgandi.
Kuvayt amiri shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 86 yoshida vafot etdi. «Al-Jazira» telekanaliga ko‘ra, hukmdorning o‘limi haqida mamlakat televideniyesida xabar berilgan.
Uning o‘limi sababi keltirilmagan. Noyabr oyi oxirida amir sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.
Navof as-Saboh mamlakatni 2020 yildan buyon boshqarayotgandi. O‘shanda u akasi Saboh IV vafotidan keyin taxtni qabul qilib olgandi.
Endi taxtni uning ukasi, dunyodagi eng keksa valiahd shahzoda hisoblanuvchi 83 yoshli Mishal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh egallaydi.
- As-Sabohlar sulolasi Kuvaytni XVIII asr o‘rtalaridan buyon boshqarib keladi. Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh bu sulolaning o‘n oltinchi hukmdori va Kuvayt Buyuk Britaniya mustamlakasidan mustaqillikka erishganidan buyon oltinchi amiri edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi
11:00 / 12.05.2025